Mirzo Ulug‘bek tumanida ham aholi sovuqda issiqlik ta’minotisiz qoldi
Jamiyat
−
23 noyabr 2020
4622Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ-2 mavzesidagi qozonxonada avariya holati yuzaga keldi. Bu haqda tuman hokimligi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Avariya sabab quyida keltirilgan manzillarda vaqtincha issiqlik ta’minoti uziladi.
TTZ-2 mavzesi:
• Ko‘p qavatli - 1, 2, 7, 8 va 9 uylar;
• 5-yotoqxona.
Ziyoli ko‘chasi:
• Ko‘p qavatli - 1, 3, 5 uylar,
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi:
• Ko‘p qavatli - 469, 471, 473, 475, 477 va 479 uylar;
• 504 sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti;
• 248 – sonli maktab;
• 6 – sonli Oilaviy poliklinika.
Qayd etilishicha, avariyani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar ish olib borishmoqda, bugun soat 16:00da issiqlik ta’minoti aholiga yetkaziladi.
Avvalroq, qish fasli rasman kirib kelmasidan poytaxtning Olmazor, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida magistral issiqlik ta’minotida avariya yuz bergani sababli aholining bir qismi ta’minotdan uzilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi