Toshkentda issiq suv ta’minotining yangi tariflari e’lon qilindi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2025 9058 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahrida aholi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari 15 foizga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Veolia Energy Tashkent xizmat uchun yangi tariflarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, yangi tariflar joriy yilning 12 noyabridan kuchga kiradi va quyidagicha bo‘ladi:
- Markaziy isitish – 1 metr kvadrat isitish maydoni/kun uchun 241,44 so‘m;
- Issiq suv (hisoblagichsiz) – 1 odam/oy uchun 52 303,39 so‘m;
- Issiq suv (umumiy dush bilan jihozlangan yotoqxonalarda) – 1 odam/oy uchun 38 908,16 so‘m;
- Issiq suv (hisoblagich bo‘lganda) – 1 metr kub uchun 8 928,67 so‘m.

Qayd etish joiz, aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi oqibatida yuzaga keladigan zararlar va investitsion xarajatlarga asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan har oyda subsidiyalar ajratish orqali qoplab berilishi belgilangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025