Toshkentda issiqlik tizimi qachon yoqilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

3 noyabrdan boshlab Toshkent shahridagi ijtimoiy ob’ektlarda, 5 noyabrdan boshlab turarjoy majmualarida markazlashgan issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov qaror chiqardi.

Hokimlik aholidan turarjoylarda yoki boshqa muassasalarda issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biron-bir muammo va nosozliklar aniqlansa yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot rahbarlari hamda mutasaddilar tomonidan belgilangan ishlar to‘laqonli amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, 1055 yoki 71 210-01-87 raqamlariga, shuningdek, hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilishni so‘ragan.

Hukumatning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshiriladi. Noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart-oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha bazaviy me’yor belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lganligi sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarida bir oylik “bazaviy me’yor” 500 kub metr qilib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiqlik ta'minoti Shavkat Umurzoqov gaz iste'moli ba'zaviy me'yor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing