O‘zbekistonda AI-92 markali benzin arzonlashdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi north_east

O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi

Ertaga, 26 mart kunidan e’tiboran esa, AI-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga kamaytirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan. 2020 yilning 1 martidan boshlab ushbu AYOQSHlardagi dizel yoqilg‘isining narxi pasaytirilgan edi”, deyiladi xabarda.

Iste’molchilarga ishonch bilan aytish mumkinki, boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilg‘isining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi, deya ta’kidlangan.

“O‘zbekneftgaz” avvalo, iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan benzinning narxini pasaytirib boradi.

Ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilg‘isi narxidan 9 foiz, AI-92 markali benzin narxidan esa 16,6 foizga arzondir.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing