O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi
Jamiyat
−
25 mart 2020
20796O‘zbekistonda Ai-91, Ai-92 va Ai-95 benzinlarining narxi 200-300 so‘m yoki 3 foizga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Narxlar bo‘yicha rasmiy xabar bugun, 25 mart kuni e’lon qilinishi kutilyapti.
O‘zbekistonda odatda narxlar pasayish o‘rniga ko‘tarilishiga odamlar o‘rganib qolgan. Ammo hozir yuzaga kelgan vaziyat “O‘zbekneftgaz” kompaniyasini narxlarni tushirishiga sabab bo‘lyapti chog‘i.
Narxlarni tushirishga birinchi sabab sifatida O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganidan keyin o‘rnatilgan qator cheklovlar natijasida yonilg‘iga talab darajasi tushib ketishini ko‘rsatish mumkin. Bozor qonuniga ko‘ra, taklif talabdan yuqori bo‘lsa, narxlar tushadi.
Ikkinchi sabab, bugungi kunda butun dunyoda neft narxi arzonlashib ketdi. Eng sifatli neftlar ham deyarli teng yarmiga arzonlashdi. Biroq bu omil O‘zbekistondagi neft narxiga u qadar ta’sir ko‘rsatmasa, kerak. Aks holda, benzin 300 so‘mdan ko‘proqqa arzonlashgan bo‘larmidi.
Hozirgi kunda Ai-80 benzinining narxi 4500 so‘m, Ai-91 — 5800 so‘m, Ai-92 — 6200 so‘m, Ai-95 — 6 585 so‘m. Ai-80 benzinining narxi o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda.
LiveBarchasi