Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi yakunlandi
Olam
−
26 dekabr
3201O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 26 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Kecha, 25 dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Davlat rahbari amaliy tashrifini yakunlab, "Pulkovo" xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan Mirziyoyev sayyohlik almashinuvlarini rag‘batlantirish maqsadida YeOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirgandi.
LiveBarchasi