Mirziyoyevning Putin bilan uchrashuvi boshlandi (video)

Olam

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Xitoydagi ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Davlat rahbarlari SHHT sammiti doirasida ham qisqa suhbat qilgan edi. Endi esa ular to‘liq formatdagi muzokaralarni boshladi.

Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, uchrashuvda asosan ikki tomonlama masalalar va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari muhokama qilinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30 avgust - 3 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. 

O‘zbekiston Prezidenti 3 sentyabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Pekindagi bayramlarda, shuningdek, Kambodja, Vetnam, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Nepal, Maldiv orollari, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Kongo Respublikasi, Zimbabve, Serbiya, Slovakiya, Kuba va Myanma davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 sentyabr kuni Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Pekin shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv davomida Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing