Mirziyoyevning Qirg‘izistonga safari yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Cho‘lponota shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, bugun, 2 iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Nurmuhammet Amannepesov va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mirziyoyev Cho‘lponotaga tashrifi davomida Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazgan hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Qirg'iziston Mirziyoev Markaziy Osiyo Cho'lponota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing