Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

Olam

image

Bugun, 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish va ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan. 

Faol ishbilarmonlik aloqalari, jumladan, shu kunlarda ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida o‘tkazilayotgan qo‘shma biznes forum samarali natijalar berayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan. Biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mexanizmlar yaratish ishlarini tezlashtirishga kelishib olingan.

Gumanitar almashinuv dasturlarini, eng avvalo, ta’lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida faol davom ettirish muhimligi taxkidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Viktor Orban

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing