Mirziyoyev va Berdimuhamedov qo‘ng‘iroqlashdi
Jamiyat
−
28 avgust
3716O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 27 avgust kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.
Muntazam ravishda qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Suhbat chog‘ida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasidagi oldingi telefon muloqoti 24 iyul kuni bo‘lgan, o‘shanda Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagandi. Bungacha esa 29 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud kuni bilan tabriklagandi.
LiveBarchasi