Mirziyoyev O‘zbekistonning YeOII bo‘yicha pozitsiyasini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini tasdiqladi. Bu haqda u bugun, 27 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida videoaloqa orqali so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda. Bu biz uchun juda muhim yo‘nalish, chunki YeOII davlatlari bizning tabiiy hamkorlarimiz", degan Mirziyoyev.

Mirziyoyev YeOII mamlakatlarini bozorga chiqish yo‘lidagi texnik to‘siqlarni olib tashlashga chaqirdi.

“Bugungi kunda O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kelgusida texnik to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro savdoda sertifikatlashni tan olish vazifasi har qachongidan ham dolzarbdir”, degan Prezident Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti YeOIIga ishchi kuchini jalb qilish tartib-taomillarini soddalashtirishni taklif qildi.

“Mamlakatlarimizda mehnat migratsiyasi va mutaxassislarni jalb qilish bilan bog‘liq masalalarning dolzarbligi ortib bormoqda. Men zarur hujjatlarni qabul qilishni va YeOIIga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar iqtisodiyotining tez o‘zgaruvchan ehtiyojlariga muvofiq mehnat resurslarini samarali jalb etishni ta’minlaydigan soddalashtirilgan tartiblarni joriy etishni taklif qilaman”, degan Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti tez orada Qirg‘iziston va Xitoy bilan temir yo‘l qurish boshlanishini aytdi. Shuningdek, rasmiy Toshkent Janubiy Osiyo bozoriga eng qisqa muddatda chiqish uchun Transafg‘on temir yo‘li qurilishida YeOII bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Prezident YeOII davlatlari bilan aloqalarni to‘liq tiklashga chaqirdi. Shuningdek, Mirziyoyev kuzda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish forumini o‘tkazishni taklif qildi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti YeOII agrar sektorida hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

EOII

Baholaganlar

824

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing