Mirziyoyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi masalasi qachon hal etilishini aytdi
Jamiyat
−
14 mart 2021
39258O‘zbekiston va Qirg‘izistonning davlat chegarasi 3 oyda huquqiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Yaqin vaqtlar ichida esa ikki davlat o‘rtasidagi barcha chegara nazorat o‘tkazish punktlari ishlay boshlaydi. Bu haqda “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvning Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifiga bag‘ishlangan navbatdagi sonida aytib o‘tildi.
“Munosabatlarimiz tarixida ilk bor chegara bo‘yicha kim nima qilishi kerak, qachon qilishi kerakligi haqida qat’iy kelishib oldik. Negaki bu xalqlarimiz kutayotgan judayam ta’sirchan masala. Biz Sadir Nurgojoyevich bilan aniq muddatni ham kelishib oldik – 3 oy davomida. Bu ko‘pi bilan 3 oy.
Odamlar kutayotgan ba’zi masalalar fuqarolarimizga qulay bo‘lishi uchun yaqin orada byurokatiyasiz, har ikki tomon ham qat’iy mas’uliyat olib aniq hal etiladi”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etish kerakki, ikki davlat chegarasi borasida gapirganda O‘zbekiston xalqi uchun muhim masala So‘x-Rishton yo‘lining ochilishidir. Shuningdek, davlat chegaralari ham to‘liq aniqlab olinmagan.
LiveBarchasi