Mirziyoyev dunyoga mashhur “Twin Towers”da mehmon bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi ishbilarmonlik dasturining davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi - "Twin Towers" binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, neft-gaz, neft-kimyo va qayta tiklanuvchi energetika sohalarida yetakchilardan biri bo‘lgan ushbu global kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari xomashyoni chuqur qayta ishlash va "yashil" energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi istiqbolli rejalarni qo‘llab-quvvatladi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, karbonat angidrid gazini ushlab qolish va saqlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, “Petronas” universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti kecha, 4 fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan Malayziyaga yetib borgandi. Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, Ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Prezident aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bugun, 5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu yerda Mirziyoyev va Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Shuningdek, Mirziyoyev gumbazining ichki qismini bezash va restavratsiya ishlarida o‘zbekistonlik ustalar ishtirok etgan Malayziya Islom san’ati muzeyida bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Kuala-Lumpur Twin Towers

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing