Mirziyoyev Turkiya elchixonasiga borib, ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
09 fevral 2023
6393O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 fevral kuni Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi.
Ma’lumki, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy ellarida yuz bergan kuchli zilzilalar vayronkorligi bilan butun dunyoni larzaga soldi. O‘zbek xalqi ham ofat oqibatlarini qalbiga yaqin olib, chuqur qayg‘u va hamdardlik hissini tuydi.
Davlat rahbari o‘sha kuniyoq qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirgan edi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun O‘zbekistondan bir necha guruh qutqaruvchilar Turkiyaga yuborildi. Shuningdek, gumanitar yordam yuklari muntazam jo‘natib turilibdi.
Prezident Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, qardosh xalqqa yana bir bor hamdardlik bildirdi. Parvardigordan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini so‘radi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.
O‘zbek va turk xalqlari yaxshiyu yomon kunlarda hamisha birga bo‘lgan, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bu do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro yelkadoshlik hozirgiday og‘ir kunlarda yanada bilinadi.
Mirziyoyev O‘zbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirgan. Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli so‘zlarni yozib qoldirgan.
LiveBarchasi