Mirziyoyev To‘qayevni tabrikladi

Olam

image
To‘qayev 70 yoshda. U mamlakat tepasiga qanday kelgan? (fotoreportaj) north_east

To‘qayev 70 yoshda. U mamlakat tepasiga qanday kelgan? (fotoreportaj)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari Qozog‘iston Prezidentini 70 yoshlik yubileyi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi alohida qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning may oyi boshida Toshkent shahrida o‘tgan yig‘ilishining sermahsul natijalari yuqori baholandi.

Qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini ishga tushirish va Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing