Mirziyoyev To‘qayev bilan gaplashdi
Jamiyat
−
18 mart
1993Bugun, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab, davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.
Qolaversa, O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari batafsil muhokama qilingan.
“Savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda, shu jumladan hududlar darajasida amaliy hamkorlik bo‘yicha loyihalarni ilgari surish maqsadida o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Qozog‘iston shaharlarida o‘tayotgan qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarga yuksak baho berilgan.
Yetakchilar bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini, shu jumladan “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi sammitlarga tayyorgarlikni ko‘rib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 mart kuni Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatrida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etilgandi. Ushbu spektakl namoyishida Qozog‘istonga tashrif buyurgan Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etgan.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart