Mirziyoyev Tojikistonga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-19 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasiga tayanib, “Asia-Plus” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Elchixonaning ta’kidlashicha, tashrif doirasida 17-20 aprel kunlari Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Tojikistonga Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing