Mirziyoyev ta’tildan qaytdi
Jamiyat
−
10 yanvar
3179O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 6 yanvar kuni boshlangandi. Shunday qilib, uning ta’tili 4 kun davom etdi.
Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga 2019 yil 5 avgustda chiqqan. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun – 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. Prezident 2023 yili 4 dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda 22-29 aprel kunlari va 26 iyuldan 5 avgustgacha qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lgan.
LiveBarchasi