Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni XXR Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sian shahrida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “China Daily” xabar berdi.

Aytilishicha, Si Szinpin Mirziyoyevni Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti va Xitoyga davlat tashrifi bilan qutlagan. Shuningdek, u o‘tgan yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi va Mirziyoyevning mehmondo‘stligini eslagan.

Bundan tashqari, Si Szinpin O‘zbekiston Prezidentini yaqinda mamlakatda bo‘lgan referendum muvaffaqiyatli o‘tgani va o‘zbek xalqining Mirziyoyevga bo‘lgan chuqur ishonchi hamda samimiy qo‘llab-quvvatlashini to‘liq namoyon etgan yangi Konstitutsiya qabul qilingani bilan tabriklagan.

“Sizning rahnamoligingizda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va ochiqlik yanada keng istiqbolga ega bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyoti yanada yuksak samaralar berishiga ishonamiz”, degan Si Szinpin.

Shuningdek, XXR Raisi o‘tgan yilning sentyabr oyida ikki tomonlama umumiy kelajakka ega bo‘lgan hamjamiyat qarashlarini amalga oshirish va ikki tomonlama munosabatlarning yangi tavsifini birgalikda e’lon qilganini ta’kidlagan. U Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va umumiy kelajakka ega Xitoy-O‘zbekiston hamjamiyatini barpo etish uchun hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Si Tszin'pin Mirziyoev Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing