Mirziyoyev SHHT sammitida nimalarni taklif qildi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi rolini kuchaytirish maqsadida uning kelishuvlarini inventarizatsiya qilishni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 4 iyul kuni bo‘lib o‘tayotgan tashkilotning 23-sammitida so‘z ochdi.

“Biz kelishuv va qarorlarni inventarizatsiya qilish, institutlar faoliyati va hamkorlik mexanizmlari auditini o‘tkazishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, degan O‘zbekiston Prezidenti.

Shuningdek, Mirziyoyev SHHTni modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishni va tashkilot a’zolari uchun yaxshi qo‘shnichilik kodeksini ishlab chiqishni tezlashtirishni taklif qilgan.

“Biz SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ko‘rsatmoqdamiz”, degan Prezident Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari kodeksning qabul qilinishi ustuvor vazifalarni belgilash, yangi sharoitlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha yagona yondashuv va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini berishini qo‘shimcha qilgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlarining transport aloqalari xaritasini ishlab chiqishni taklif qilgan.

“SHHT makonida transport kommunikatsiyalarining o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rish muhim. Biz SHHT davlatlarining transport aloqalari xaritasini ishlab chiqishni maqsadga muvofiq deb bilamiz, bu to‘siqlar va bo‘shliqlarni aniqlash imkonini beradi”, degan Mirziyoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada yaxlit transport-tranzit tizimini shakllantirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar va loyihalar allaqachon belgilab olingan. Mirziyoyev ayni paytda O‘zbekistonda Shimol-Janub va Sharq-G‘arb avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar faol ilgari surilayotgani, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha ishlar boshlanganini ham ta’kidlagan.

“Biz ushbu yo‘nalish bo‘ylab, shuningdek, Afg‘oniston orqali Eron va Pokiston portlari yo‘nalishi bo‘yicha Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega multimodal transportni rivojlantirmoqdamiz. Ekspertlarning fikricha, ushbu loyihalarni amalga oshirish yuk tashish hajmini sezilarli darajada oshadi, shuningdek, transport xarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydi”, degan Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, sammitga Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlari ham taklif etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ShHT Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made