Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
17 may 2023
8132O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari yig‘ilishda nutq so‘zlashi, tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston YeTTBga 1992 yil 30 aprelda a’zo bo‘lgan. Respublika ushbu bankning umumiy qiymati 44,1 million yevroga teng bo‘lgan 4,2 ming aksiyalariga ega. Bankning Toshkentdagi vakolatxonasi 1993 yil may oyida, Andijondagi ofisi – 2019 yil oktyabr oyida, Urganchda esa, 2021 yil iyun oyida ochilgan. Qarshi shahrida ham YeTTB ofisini ochish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi