Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2023
8189Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, qator ob’ektlarga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda AQSH va Germaniyaga, shu oy boshida esa Qatarga borgandi.
LiveBarchasi