Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoyga bordi
Jamiyat
−
18 may 2023
10027O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident samolyoti Xitoyning Sian shahridagi xalqaro aeroportga qo‘ngan. U yerda ikki davlat bayroqlari ko‘tarilgan, oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortgan, milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.
Aytilishicha, O‘zbekiston yetakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev 18 may kuni XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazishi, 19 may kuni esa "Markaziy Osiyo - Xitoy" birinchi sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan.