Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Avvalroq, bugun, 26 sentyabr kuni Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-maktabda noma’lum shaxs otishma uyushtirgani, unda 13 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

“Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, otishmani 34 yoshli mahalliy fuqaro, shu maktab bitiruvchisi sodir etgan. Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, uning natsistlar mafkurasi tarafdori ekanligi tekshirilmoqda.

13 kishi jinoyat qurboni bo‘ldi, jumladan, 7 nafar bola. 21 kishi jabrlangan, ulardan 14 nafari bolalar. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, erkak natsistlar ramzlari tushirilgan qora futbolka va balaklava kiygan. Qo‘mita hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-O'zbekiston maktabda otishma

Baholaganlar

633

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing