Maktabda 13 kishini o‘ldirgan jinoyatchining shaxsi aniqlandi
Olam
−
26 Sentabr 2022
23045Tergovchilar Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabga hujum qilgan shaxsni aniqlashdi – bu 34 yoshli mahalliy fuqaro, shu maktab bitiruvchisi. Uning natsistlar mafkurasi tarafdori ekanligi tekshirilmoqda, deb xabar qildi bugun, 26 sentyabr kuni Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Tergov qo‘mitasi tergovchilari Ijevskdagi maktabga hujum qilgan shaxsni aniqladi. Bu Artem Kazansev, 1988 yilda Ijevsk shahrida tug‘ilgan, ushbu maktab bitiruvchisi”, deyiladi xabarda.
Uning neofashistik qarashlar va natsistlar mafkurasiga aloqadorligi tekshirilmoqda. Hozirda tergovchilar uning yashash joyida tintuv o‘tkazmoqda. Shuningdek, ular tajovuzkorning kimligini, uning qarashlari va yaqinlarini o‘rganadilar.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 sentyabr kuni ertalab noma’lum shaxs Ijevskdagi 88-maktabda o‘q uzdi, shundan so‘ng u o‘z joniga qasd qildi. 13 kishi jinoyat qurboni bo‘ldi, jumladan, 7 nafar bola. 21 kishi jabrlangan, ulardan 14 nafari bolalar. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, erkak natsistlar ramzlari tushirilgan qora futbolka va balaklava kiygan. Qo‘mita hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochdi.
LiveBarchasi