Ijevsk fojiasi qurbonlari ko‘paymoqda. Qotil shizofreniya bilan ro‘yxatga olingan
Olam
−
26 Sentabr 2022
11602Bugun, 26 sentyabr kuni Rossiyaning Ijevsk shahri markazidagi 88-maktabda sodir etilgan otishma qurbonlari 15 nafarga yetdi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning 4 nafari kattalar va 11 nafari voyaga yetmaganlar.
Otishmada 24 kishi, jumladan, 22 bola jarohatlangan. Barcha jabrlanganlar tibbiy muassasalarga yetkazilgan. Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalovning so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda. To‘qqiz bola va ikki voyaga yetgan kishi reanimatsiyada qolmoqda.
Qayd etilishicha, favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus hay’ati jabrlanganlarni Moskvaga yetkazadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi o‘z joniga qasd qilgan. Tergov qo‘mitasining xabar berishicha, u futbolkada natsistlar timsoli tushirilgan qora libosda edi.
Erkakning shaxsi aniqlangan, u 34 yoshli mahalliy fuqaro Artem Kazansev, 88-sonli maktabning sobiq bitiruvchisi bo‘lgan. Muqaddam shizofreniya tashxisi bilan psixo-nevrologik dispanserda ro‘yxatga olingan.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi – ikki yoki undan ortiq shaxslarni, shu jumladan voyaga yetmaganlarni o‘ldirish, 222-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Tergovni Tergov qo‘mitasi markaziy apparati olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu holatdan xabar topgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yo‘lladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr