Mirziyoyev Putin bilan gaplashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur’atini saqlab qolish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at va ta’lim sohalarida, shu jumladan, muhandis kadrlarni tayyorlash borasida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin oxirgi marta 7 oktyabr kuni telefon orqali muloqot qilgandi. O‘shanda Mirziyoyev Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan. 9-10 oktyabr kunlari esa yetakchilar Dushanbeda “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammit va MDH sammiti doirasida ko‘rishdi. Biroq Dushanbeda ular o‘rtasida alohida ikki tomonlama rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing