Mirziyoyev Makronni kutib olish uchun Samarqandga bordi
Jamiyat
−
01 noyabr 2023
9924O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun bugun, 1 noyabr kuni Samarqandga keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 noyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Kechki soatlarda Makron Samarqandga yetib kelishi kutilmoqda.
LiveBarchasi