Mirziyoyeva O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatini ochiqladi
Jamiyat
−
30 iyun 1953 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiyaga bordi. Mirziyoyeva Fransiya Hukumatining Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashdi.
“Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman.

Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Uning bildirishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeini saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatida.
Live
Barchasi