Mirziyoyev Parijga borganida imzolangan 2 ta xalqaro shartnoma tasdiqlandi
Jamiyat
−
01 avgust 4545 1 daqiqa
Joriy yilning 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga borgandi. Ushbu tashrif davomida imzolangan hujjatlardan ikkitasi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi xabar berdi.
Ular:
- O‘zbekiston hukumati bilan Fransiya hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi bitim;
- O‘zbekiston hukumati bilan Fransiya hukumati o‘rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a’zolari tomonidan haq to‘lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi bitim.
Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr