Mirziyoyev Parijga yetib bordi
Jamiyat
−
12 mart 6972 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri, sobiq bosh vazir Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

"Orli" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortgan.
Mamlakat delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida Fransiyada o‘qiyotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib olgan.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 12 mart kuniga mo‘ljallangan.
Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Fransiya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, davlat rahbari UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentning Parijga uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi