Mirziyoyev Quvaytga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Quvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan bugun, 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Quvayt shahrida oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Quvayt do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, “yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.

Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish masalalari ham diqqat markazida bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Quvayt yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqadilar.

Muzokaralar yakunida qator qo‘shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-5 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘lgandi. O‘shanda Malayziya rasmiylari Prezident Mirziyoyev bilan samimiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun qat’iy protokol qoidalaridan chekinib, yuksak hurmat va ishonch namoyish etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Quvayt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing