Mirziyoyev xorijiy safarga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
20 fevral 2023 10404 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan bugun, 20 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mamlakatning eng qadimgi o‘tmishdan bugungi kungacha bo‘lgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy to‘plamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025