Mirziyoyev Xitoyga ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, davlat rahbari Samarqand shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, 16 oktyabr kuni kechasi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketgan. Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.

Shuningdek, XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Xitoyda “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlari bo‘lib o‘ishi rejalashtirilgan. Mamlakat Raisi Si Szinpin shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga taklif qilgan edi. 

Ma’lum qilinishicha, Yubiley sammitning kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish dasturlarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy tashrif Si Tszin'pin Prezidenti Bir makon bir yo'l amaliy tashrif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing