Mirziyoyev Qozog‘istonga bordi

Olam

image

Bugun, 30 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri O‘ljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo - Italiya” sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta’lim sohalarida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Jorjiya Meloni 28 may kuni rasmiy tashrif bilan Samarqandga kelgandi. Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni shaxsan Prezident Mirziyoyev kutib olgan. Shundan so‘ng yetakchilar Registon maydoni va “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi. Qolaversa, Samarqand shahrida kecha, 29 may kuni Jorjiya Melonini rasmiy kutib olish marosimi ham bo‘lib o‘tdi va Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv ham o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing