Jorjiya Meloni tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Samarqand shahrida bugun, 29 may kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Melonini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Jorjiya Meloni kecha, 28 may kuni rasmiy tashrif bilan Samarqandga kelgandi. Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni shaxsan Prezident Mirziyoyev kutib olgan. Shundan so‘ng yetakchilar Registon maydoni va “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi.

Italiya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi asosiy tadbirlari bugun, 29 may kuni bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar va boshqa qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ertaga, 30 may kuni esa Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ishtirokidagi birinchi sammit bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Meloni avvaliga 25-27 aprel kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga, keyin esa Qozog‘istonga borishni rejalashtirgan edi. Biroq 21 aprel kuni Rim papasi Fransiskning vafoti va undan keyingi motam tadbirlari tufayli tashriflar qoldirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand Italiya Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing