Markaziy Osiyo yetakchilari Ostonada Italiya bilan sammit o‘tkazadi
Olam
−
21 aprel 4453 1 daqiqa
27 aprel kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida birinchi Markaziy Osiyo – Italiya sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Meloni Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 26-27 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.
“Oliy darajadagi muzokaralar davomida tomonlar Qozog‘iston-Italiya strategik sherikligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqandda Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari hamda Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso qatnashdi. Sammit natijasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
Bungacha Yevropa davlatlari bilan C5+1 formatidagi sammit Germaniya bilan 2 marta bo‘lib o‘tgan. Birinchisi 2023 yil 29 sentyabr kuni Berlinda, ikkinchisi esa 2024 yil 17 sentyabrda Ostonada bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni 25-26 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘lishi xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr