Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi (foto)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahriga bordi. Aeroportda davlat rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Bugun, 2 iyun kuni Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqa mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 27 oktyabr kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinchi iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tgandi. Aynan shu kuni Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo-Xitoy” sammiti ilk bor oflayn formatda bo‘lib o‘tdi. Bungacha 9 mayda Markaziy Osiyo yetakchilari Moskvada Putin bilan ko‘rishgan va Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashgandi. 25 may kuni esa Moskvadagi Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birga Markaziy Osiyo yetakchilaridan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov shaxsan ishtirok etdi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon esa onlayn qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Qirg'iziston Mirziyoev Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing