O‘zbekiston YeOII bilan savdo hajmini oshirish ustida ishlashga tayyor – Mirziyoyev
Jamiyat
−
25 may 2023
5380O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini tubdan oshirish uchun sharoit yaratishga tayyor. Bu haqda bugun, 25 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“O‘zbekiston savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini tubdan oshirish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor”, deydi u.
Mirziyoyev bu jarayonga sertifikatlarni o‘zaro tan olishda texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kelishuvning qabul qilinishi yordam berishini aytgan.
“Ushbu maqsadlarda O‘zbekistonda milliy texnik reglamentlarni YeOII standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari to‘liq yakunlandi. Milliy valyutalarda hisob-kitoblarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
Moskvadagi Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ishtirok etgan. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon videoaloqa orqali ishtirok etgan.
LiveBarchasi