Mirziyoyev Qatar Amiri bilan telefonda suhbatlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, yirik investitsiya loyihalarini tayyorlashni jadallashtirish va ularni ilgari surish masalalari batafsil muhokama qilingan.

Shuningdek, Qatar Amiri Shavkat Mirziyoyevni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlagan.

Qatar Amiri o‘z xalqi nomidan O‘zbekiston rahbari va ko‘p millatli xalqga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilagan.

Shu bilan birga, yetakchilar joriy yilning 5-6 iyun kunlari Qatar Amirining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida qabul qilingan bitim va kelishuvlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rishga kelishib olgan.

Yaqin fursatda qo‘shma hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 15 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Mirziyoev Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing