Mirziyoyev Qashqadaryo va Buxoroga investitsiya kiritgan AQSH kompaniyasi direktorini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHning Air Products kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi.

Prezident kompaniya rahbarini 1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilgan holda Qashqadaryo viloyatidagi GTL zavodining uchta sanoat gaz uskunasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni muvaffaqiyatli yakunlangani va tegishli bitim imzolangani bilan tabriklagan.

Shuningdek, Air Products yana bir yirik loyihada – kamida 700 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilgan holda Buxoro viloyatida MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etayotgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda “yashil” vodorod sohasini rivojlantirish bo‘yicha yana bir asosiy hamkor – Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi ishtirok etayotgan istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Buxoro Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing