Mirziyoyev Finlyandiya va Chernogoriya Prezidentlari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
12 noyabr
2185Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb va Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Stubb bilan uchrashuvda Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Finlandiya hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Faol siyosiy va parlamentlararo aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish uchun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi.
"Shu ma’noda, 2025 yil yanvar oyida Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, ta’lim va ekologiya sohasidagi almashinuvlarni mustahkamlash, shu jumladan BMTning Orolbo‘yi uchun Trast jamg‘armasi faoliyatida Finlyandiyaning faol ishtirok etishi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Chernogoriya Prezidenti bilan uchrashuvda ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
"Iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes forumi bilan birgalikda o‘tkazish taklif etildi", deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha asosiy bitimlar tayyorlanadi, ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev bugun, 12 noyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zlagandi. Shuningdek, Mirziyoyev sammit doirasida Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel bilan ham uchrashdi.
LiveBarchasi