Mirziyoyev Farg‘onada yangi massiv qurilishini borib ko‘rdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivining qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Prezident mazkur massivga o‘tgan yili ham kelib, qurilish ishlari bilan tanishgan. Bugungi kunda 300 gektar maydonda qurilish ketmoqda. Bu yerda 65 mingdan ziyod aholiga mo‘ljallangan 298 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi. Aholi zich yashaydigan shahar va viloyat uchun bu muhim ijtimoiy ahamiyatga egaligi ta’kidlangan. 

Joriy yil massivda 73 ta uy qurilayotgani, ularning dastlabkilari foydalanishga topshirilib bo‘lgani ma’lum qilingan. 

Shuningdek, hududda maktablar, maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi bo‘ladi. Shuningdek, 50 gektar maydonda kichik sanoat zonasi ham tashkil etiladi. 

Massiv o‘ziga xos ekoshahar bo‘lishi, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va sun’iy ko‘l barpo qilinishi rejalashtirilgan. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekiladi. Sun’iy ko‘l atrofida xiyobon tashkil etiladi.

Davlat rahbari massivdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga investorlarni jalb etish, xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. 

Shundan so‘ng, Prezident Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari kecha, 27 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi uzumzorlarni aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Mirziyoev yangi massiv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing