Mirziyoyev ertaga Moskvaga boradi
Jamiyat
−
06 Oktabr
8764O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaning Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kreml voizi Dmitriy Peskov ertaga, 7 oktyabr kuni 72 yoshga to‘ladigan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazishini aytgandi. Peskov 7 oktyabr kuni kechqurun Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan birga bo‘lishini bildirdi.
LiveBarchasi