Mirziyoyev Eronga borishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18 iyun kuni Eronga tashrif buyuradi. Bu haqda Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkaz departamenti bosh direktori Rahmatulla Xormali Toshkentda tadbirkorlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif arafasida Tehronda ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 14 sentyabr kuni Eron rahbari Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi.

Keyinroq Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy Samarqanddagi Kongresslar markazida uchrashib, hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolangan.

Shundan so‘ng Ibrohim Raisiy O‘zbekiston Prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda Eronga javob tashrifi bilan kelishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Eron Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing