Turkiyada zilzila qurbonlari soni ortyapti. Mirziyoyev Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talofatlar ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.

Qurbonlar soni esa 6 nafardan 12 nafarga yetdi. Jabrlanganlar 200 nafardan 419 nafargacha ko‘paydi.

Ma’lumot uchun, bugun, 30 oktyabr kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida Izmir viloyatida vayronkor zilzila yuz bergani xabar qilingandi. Zilzila kuchi 6,6 ball bo‘lgan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Izmirdagi zilzila natijasida o‘zbekistonliklar jabrlanmaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya zilzila

Baholaganlar

435

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing