Mirziyoyev bugun FIFA prezidenti bilan uchrashadi

Sport

image

Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbari Janni Infantino bilan uchrashadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston yetakchisining bugun, 20 sentyabr kuni ham bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Jumladan, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, Jahon banki prezidenti Ajay Banga, FIFA rahbari Janni Infantino, “Citygroup” korporatsiyasi raisi Jon Dugan, BSG kompaniyasi raisi Rich Lesser bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari qatnashgandi. Sammitdan so‘ng “Forbes” nashri AQSH Prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim rol o‘ynashini yozgan.

Agar Jo Bayden Markaziy Osiyoga tashrif buyursa, manzil katta ehtimol bilan yo O‘zbekiston yoki Qozog‘iston bo‘lishi mumkin. Chunki joriy yilning 28 fevral – 1 mart kunlari AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘z faoliyati davomida birinchi marta Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurdi, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lib, qator masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, u Prezident Jo Baydenning mesejlarini yetkazdi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev Janni Infantino N'yu-York FIFA Anvar Kakar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing