Mirziyoyev BMT Bosh kotibining o‘rinbosarini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Ijrochi kotibi Olga Algayerovani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlariga tezkor erishish borasida BMT institutlari, shu jumladan YeIK bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun maxsus dastur doirasida samarali hamkorlik qilinayotgani qayd etildi. Tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi  hamda “Yashil makon” dasturini, yuk tashishlarni raqamlashtirish va to‘qimachilik sanoati loyihalarini amalga oshirish   masalalarida almashinuvlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Suhbatda BMT YeIK bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Mirziyoev Evropa iqtisodiy komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing