Mirziyoyev aytgan “xavf”, avtobusdagi janjal, sapyorlarni oyoqqa turg‘azgan quti va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakunlanayotgan 15 avgust sanasining eng muhim xabarlari bilan tanishing.

Mirziyoyev “eng katta” xavfni aytdi (video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlariga erishishni ta’minlaydigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgani, unda davlat rahbari narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratgani haqida xabar bergan edik.

Prezident yil yakuniga 4,5 oy muhlat qolganini eslatib, eng katta xavf haqida gapirib o‘tdi.

Agar Xitoy qo‘shilmasa, Rossiya eksportni taqiqlaydi

“Rossiya, agar Pekin Rossiya hududida noqonuniy daraxt kesish muammosini hal qilishga qo‘shilmasa, Xitoyga o‘tin eksportini butunlay taqiqlashi mumkin”, dedi tabiiy resurslar vaziri Dmitriy Kobilkin.

“Bu qasos olishning qo‘qoncha usuli” – Atamboyevning o‘g‘li

Qirg‘izistonning hibsga olingan sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning kichik o‘g‘li o‘tgan hafta otasining tarafdorlari va maxsus topshiriqlar bo‘linmasi o‘rtasidagi to‘qnashuvni rejalashtirilgan tashviqot deb, baholayapti.

“Men bu maxsus rejalashtirilgan tashviqot ekaniga ishonaman”, dedi Qodir Atamboyev.

O‘zbekistonda quriladigan AESning ishlatib bo‘lingan yoqilg‘isi qayerga yuborilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda quriladigan AESda ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi. Radioaktiv chiqindilar respublikada saqlanadi. Qayta ishlash jarayonida qimmatli yadroviy material chiqariladi, qolgani esa bug‘lash va presslash orqali qattiq agregat holatga keltiriladi va O‘zbekistonga qaytariladi.  

Toshkentda avtobus haydovchilari kunlik “plan”dan ozod qilinadi

Toshkent shahrida jamoat avtobuslarida haydovchilarga kunlik to‘lov bo‘yicha belgilangan rejani to‘lashdan ozod qilinishi kutilyapti.

“2030 yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasi ko‘plab masalalarni qamrab olgan. Jumladan, yo‘l haqi uchun elektron to‘lov tizimini joriy qilish mo‘ljallangan, bu bilan haydovchilar kunlik to‘lov bo‘yicha belgilangan rejani topshirishdan ozod qilinadilar”, deydi Ravshan Yoqubjonov.

Bozorlarda go‘sht qanchadan sotilyapti?

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘sht 106 000 so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Toshkentdagi supermarketlardan birida olingan surat sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bozorlardagi iste’mol tovarlari narxini o‘rganib chiqdi. Qayd etilishicha, o‘rganishlar har hafta olib borilib, narxlar o‘zgarishi tahlil etib bormoqda.

Toshkentdagi janjal yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Avvalroq, Toshkentda tez yordam xizmati shifokori va haydovichisi erkakni kaltaklagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur video bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma’lumot berib, tez yordam mashinasi vazirlik tizimiga kirmasligini bildirdi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea kecha, 13 avgust kuni Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘lida yuz bergan. Hodisa Chilonzor tumani 4-sonli IIB tomonidan ko‘rib chiqilyapti.

Poroshenko ketishni mo‘ljallayapti

Ukrainaning sobiq Prezidenti Petro Poroshenko o‘z aktivlarini sotishni yakunlamoqda. Mamlakatdagi jiddiy aktivlardan faqat “Roshen” qandolat korporatsiyasi bor. Bu haqda Oliy Rada sobiq deputati Oleg Sarev intervyusida aytib o‘tdi

Markaziy osiyolik ikki ziyoratchi Makkada vafot etdi

Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini amalga oshirish vaqtida ikki nafar Tojikiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda “Avesto” nashri Dinshunoslik, xalq an’analari, marosimlari va udumlarini tartibga solish qo‘mitasi vakili Afshin Muqimga tayanib xabar berdi.

Dollarning rasmiy kursi 9100 so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9061,00 so‘mga teng bo‘lib, hafta boshidagiga nisbatan 179,00 so‘mga qimmatlashgan.

1 yevro kursi esa 163,84 so‘mga qimmatlab, 10092,14 so‘mni tashkil etgan.

Rubl kursining qiymati ham 2,09 so‘mga qimmatlashib, 1 rubl 138,47 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 15 avgust kuni Usmon Ismoilovich Rahimov Olmaliq shahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida qaror qabul qilindi.

Usmon Rahimov Olmaliq shahriga hokim etib tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati, Nurafshon shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkentda ayol avtobus oynasini sindirdi (video)

Toshkent shahrida jamoat avtobusida yo‘lovchi ayol janjal ko‘tarib, haydovchidan avtobusni ketayotgan joyida to‘xtatishni talab qildi.

Hodisa kecha, 14 avgust kuni 5-avtobus saroyi tasarrufidagi 99-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda yuz berdi. Yo‘lovchi ayol belgilanmagan joyda, ya’ni Qo‘yliq bozori yaqinidagi Chirchiq daryosidan o‘tgan ko‘prik ustida avtobusni to‘xtatishni talab qildi. Haydovchi unga bu yerda to‘xtash mumkin emasligi, hayoti uchun xavfliligini har qancha tushuntirmasin u qaysarlik bilan o‘z so‘zida turib oldi.

Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi

Bugun, 15 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining O‘zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda nimalar bo‘lyapti?

QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Grand Mir” mehmonxonasi oldida Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari ish olib boryapti.

Ichki ishlar xodimlarining aytishicha, noma’lum shaxs do‘konning oldiga qog‘oz quti tashlab ketgan. Uni ichida nima borligi hozircha ma’lum emas. Mehmonxona qarshisidagi aylana yo‘l oldiga sapyorlar ham keltirilgan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari ham yetib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing