Mirziyoyev Aliyevni Navro‘z bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birini va ikki mamlakatning birodar xalqlarini bahor ayyomi – Navro‘z bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning eng dolzarb masalalari batafsil muhokama qilingan.

Shuningdek, o‘tgan yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik bo‘yicha rejalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

“Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan. Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashgan, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama sammitlar rejasini ko‘rib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon  va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, kecha, 19 mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Yetakchilar Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Ilhom Aliev Navro'z

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing